Latifa matni:
Nonushta payti eri xotiniga:
— Kecha futbolni kutmay uxlab qolibman. Internetdan natijasini bilib olishim kerak, - desa, xotini:
— Biznikilar 2:1 ga yutqazishdi, - debdi.
Eri:
— Nima sen futbol ko`rdingmi?
Xotini:
— Yo`q. Qo`shnimiz tunda bir martta "Gol" va ikki martta "Padaringga la’nat" deb baqirganini eshitdim.