Nonushta payti eri xotiniga: — Kecha futbolni kutmay uxlab qolibman. Internetdan natijasini bilib olishim kerak, - desa, xotini: — Biznikilar 2:1 ga yutqazishdi, - debdi. Eri: — Nima sen futbol ko`rdingmi? Xotini: — Yo`q. Qo`shnimiz tunda bir martta "Gol" va ikki martta "Padaringga la’nat" deb baqirganini eshitdim. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)