Bir bolakay maktabga ketayotsa, yoniga taksi kelib to`xtabdi-da: — O`tir olib borib qo`yaman, - debdi haydovchi bolaga rahmi kelib. Bolakay mashinaga chiqibdi-yu, haydovchiga savol bera boshlabdi: — Otam harbiy, onam militsiyada ishlasa, men kim bo`laman? — Yaxshi harbiy bo`lasan. Bolakay yana so`radi — Agar otam o`qituvchi, onam esa bog`cha tarbiyachisi bo`lsa, men kim bo`laman? Haydovchi: — Murabbiy bo`lsang kerak. Shunday qilib bolakay savol beraveribdi. Oxiri haydovchi jahli chiqib, bolaga o`girilibdi-da: — Agar otang bema’ni, aroqxo`r, qimorboz bo`lsa, onang betayin buzuqi bo`lsa, sen kim bo`lasan? Shunda bolakay: — Taksichi bo`laman, - degan ekan. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)