Afandi bir kuni kechasi qabriston yonidan o`tib ketayotgan edi, qarshidan bir to`da otliqlar chiqib qoldi. Afandi ularni o`g`ri gumon qilib, bir ochiq go`r ichiga kirib berkindi. Otliqlar buni payqab Afandini o`g`ri deb o`ylashdi, go`rning tepasiga kelib: — Sen kimsan?—deyishdi. — Murdaman,— dedi Afandi. — Murda bo`lsang kechasi nima qilib yuribsan? — Tomosha qilib yuribman. — O`lik ham tomosha qilib yuradimi? — Rost aytasizlar, men xato qilibman,— dedi Afandi va yana go`r ichiga kirib ketdi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)