Bir boyning kambag`al qo`shnisi bor ekan. Bir kuni boy kambag`al qo`shnisini devoridan mo`ralasa, kambag`al ko`zani silabdi. Ichidan jin chiqibdi-yu, — Amringizga muntazirman, - debdi. Kambag`al qo`shnisi jinga qarab: — Bitta choy damlab kel!, - desa, zum o`tmay jin choynakda choy olib kelibdi. Buni ko`rgan boy yugurib chiqib qo`shnisiga: — Shu ko`zani menga sot! Istagan pulingni beraman, - deb yolvoribdi. Kambag`al boyni hamma pullarini, uyini, xazinasini olib, ko`zani unga beribdi. Boy xursand bo`lib, eski kulbaga kiribdi-da, ko`zani silabdi: — Amringizga muntazirman, - deb chiqibdi jin ichidan. — Menga katta saroy, behisob tilla ber!, - desa, jin: — Buni iloji yo`q. Chunki men faqat choy damlashni bilaman, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)