— Do`stim, restoranda bepul ovqatlanish yo`lini topdim! — Qanday yo`l ekan? — Hashamatli biror restoranning yopilishiga ozgina vaqt qolganida kiramiz. Istaganimizcha taom buyurtma berib, ovqatlana boshlaymiz. Ish vaqti tugab, ofitsiantlar birin-ketin uyga keta boshlashadi. Oxirgi qolgan ofitsiant bizdan pulni so`rasa, biz uni sherigi pulni olganini aytamiz. — Zo`r-ku, qoyil. ketdik. Restoranda ofitsiant: — Kech bo`lib qoldi. Restoran yopiladi. Marhamat qilib hisob-kitob qilsangiz... — Iye, biz boshqa ofitsiantga pulini allaqachon to`lab bo`lganmiz. Qaytimini berasizlarmi, yo`qmi? Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)