Latifa matni:
O`rmonda hamma hayvonlar gaplashib o`tirsa, quyon kelib:
— Qani, bu yerda kim zo`r?!, - debdi.
Hamma hayvonlar jim!
— Hamma ming so`mdan chiqarsin!, - debdi quyon.
Ertasi kuni yana quyon kelib hammadan pul yig`ib ketibdi.
Uchinchi kun hayvonlar bo`riga:
— Men zo`rman degin! Bu shalpang quloq nima qila olardi!, - deyishibdi.
Quyon kelib:
— Qani, bu yerda kim zo`r?!, - desa, bo`ri:
— Men!, - debdi. Shunda quyonni orqasidan sher chiqib:
— Zo`ring besh ming, qolganlaring ming so`mdan yig`laring!, - dermish.