O`rmonda hamma hayvonlar gaplashib o`tirsa, quyon kelib: — Qani, bu yerda kim zo`r?!, - debdi. Hamma hayvonlar jim! — Hamma ming so`mdan chiqarsin!, - debdi quyon. Ertasi kuni yana quyon kelib hammadan pul yig`ib ketibdi. Uchinchi kun hayvonlar bo`riga: — Men zo`rman degin! Bu shalpang quloq nima qila olardi!, - deyishibdi. Quyon kelib: — Qani, bu yerda kim zo`r?!, - desa, bo`ri: — Men!, - debdi. Shunda quyonni orqasidan sher chiqib: — Zo`ring besh ming, qolganlaring ming so`mdan yig`laring!, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)