Afandi bemahalda
Latifa matni:
Afandi bemahalda uyiga mehmon boshlab kelgan edi, xotini urishib berdi:
— Uyda hech narsa yo`q-ku, mehmon boshlab kelasiz!
— Unday bo`lsa,— dedi Afandi,— mehmon ko`chada turibdi, chiqib Afandi yo`q deya qol!
Afandining xotini yo`lakka chiqib, eshik orqasidan:
— Xush kelibsiz, mehmon, uyga kiring desam, Afandi yo`qlar, endi borlarida boshqa kelarsiz,— dedi.
Mehmon o`shqirdi:
— Qanaqa bema’ni xotinsiz! Hozir holu jonimga qo`ymay olib keldilar-ku. Hozir ko`z oldimda uyga kirib ketdilar!
Afandi quloq solib tursan edi, eshikka yaqinroq borib dedi:
— Afandining eshigi bitta deb senga kim aytgan edi, narigi eshikdan chiqib ketgandir-da!