Afandi bemahalda uyiga mehmon boshlab kelgan edi, xotini urishib berdi: — Uyda hech narsa yo`q-ku, mehmon boshlab kelasiz! — Unday bo`lsa,— dedi Afandi,— mehmon ko`chada turibdi, chiqib Afandi yo`q deya qol! Afandining xotini yo`lakka chiqib, eshik orqasidan: — Xush kelibsiz, mehmon, uyga kiring desam, Afandi yo`qlar, endi borlarida boshqa kelarsiz,— dedi. Mehmon o`shqirdi: — Qanaqa bema’ni xotinsiz! Hozir holu jonimga qo`ymay olib keldilar-ku. Hozir ko`z oldimda uyga kirib ketdilar! Afandi quloq solib tursan edi, eshikka yaqinroq borib dedi: — Afandining eshigi bitta deb senga kim aytgan edi, narigi eshikdan chiqib ketgandir-da! Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)