Bir kishining uyida suv jo`mragi ishdan chiqib, chilangar chaqirtiribdi. U odamning yosh va go`zal qizi bor ekan. Ishlab o`tirgan chilangarning yoniga qiz kelib: — Agar otam sharob bersa, ichmang! Pul bersa ham ola ko`rmang! Faqat chekishga bir dona sigaret so`rang, - debdi jilmayib, nozlanib. Laqma usta ishlarini tugatgach, qiz aytganidek, bitta dona sigaretni chekibdi-da, ketibdi. Xursand bo`lgan otasi esa qiziga qarab: — Barakalla dono qizim! Keyingi hafta bo`yoqchilarni chaqiraman, - debdi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)