Qari chol aerodromga kelib uchuvchiga: — Iltimos, meni kampirim bilan samolyotingda uchirib kelgin. — Buni iloji yo`q! — Yo`q dema bolam. Shu yoshga kirib, hali biror marta-yam osmonda uchmaganmiz. Samolyotga chiqish orzuimiz bor! Uchuvchi rozi bo`lib, chol va kampirni samolyotga chiqaribdi-da debdi: — Faqat bitta shartim bor otaxon, agar baqirsangiz shu zahoti yerga qaytamiz. — Xo`p, baqirmayman, - debdi chol. Samolyot havoga ko`tarilibdi. Uchuvchi bor mahoratini ko`rsatib, eng yuqori balandlikka chiqibdi. Tepaga , so`ng zudlik bilan pastga sho`ng`ibdi, bir tomonga qayrilib uchibdi. Samolyotni charxpalak singari aylantirib tashlasa ham, chol-kampir indamasmish. Yerga qo`ngach, uchuvchi cholga qarab: — Ha otaxon, qo`rqmadingizmi? Rostini ayting, baqirib yuboray dedingizmi?, - desa, chol: — To`g`risini aytganda, kampirim samolyotingdan tushib ketganda sal baqirib yuboray dedim bolam, - degan ekan. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)