Latifa matni:
Bir qiz internetda o`tirgan ekan, qo`shni xola kirib:
— Qachon qarasam shu kompyutering oldida o`tirasan. Nima qiziq narsalar bor bu yerda?, - deb so`rab qolibdi.
Qiz esa:
— Internetdagi "Google" ni sizga tushuntiraman. Mana qarang, nimani xohlasangiz topib beradi, - debdi.
Qo`shni ayol ham qiziqib:
— Nima so`rasam hamma-hammasini topib beradimi?
— Ha, xamma narsani topadi. Xohlasangiz mana yozib, izlab ko`ring.
Qiz klaviaturani qo`shni xolaga berib, o`zi choy damlab kelib qarasa, ekranda shunday yozuvlar turgan ekan:
"Assalomu alaykum hurmatli Gugl aka! Iltimos, menga erimning jazmani qayerda yashashini topib bersangiz!"