Bir qiz internetda o`tirgan ekan, qo`shni xola kirib: — Qachon qarasam shu kompyutering oldida o`tirasan. Nima qiziq narsalar bor bu yerda?, - deb so`rab qolibdi. Qiz esa: — Internetdagi "Google" ni sizga tushuntiraman. Mana qarang, nimani xohlasangiz topib beradi, - debdi. Qo`shni ayol ham qiziqib: — Nima so`rasam hamma-hammasini topib beradimi? — Ha, xamma narsani topadi. Xohlasangiz mana yozib, izlab ko`ring. Qiz klaviaturani qo`shni xolaga berib, o`zi choy damlab kelib qarasa, ekranda shunday yozuvlar turgan ekan: "Assalomu alaykum hurmatli Gugl aka! Iltimos, menga erimning jazmani qayerda yashashini topib bersangiz!" Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)