Shifoxonaga og`ir ahvoldagi uch futbolchini olib kelishibdi. Shifokor ularni olib kelgan odamlardan qanday sabab bilan shu ahvolga tushib qolishganini so`rash uchun qo`liga qalam bilan qog`oz olib, dastlab birinchi futbolchining oldiga yaqinlashdi. Qarasa, birinchi bemor futbolchi tirjayib qotib yotganmish. — Bu nimaga tirjayib qotib qolgan? — Eh, so`ramang, ko`rmaganni ko`rgani qursin, bu futbolchi 20 yildan buyon hujumda o`ynagan, umrida birinchi bor gol kiritdi. Shunga xursandchilikdan shu shaklda qotib qoldi. Shifokor ikkinchi bemorning oldiga yaqinlashdi. Uyam tirjayib qotib yotganmish. — Xo`sh, bu nimaga tirjayib yotibdi? — Bu himoyachi faoliyati davomida har bir o`yinda qizil kartochka olib, maydondan haydalgan. Lekin bugun hakam unga hech qanday kartochka ko`rsatmadi. Shunga quvonchdan. Do`xtir tushunarli deganday bosh irg`ab, navbatdagi bemorning oldiga yaqinlashdi: — Bu nimaga qotib qolgan unda? — Tog`li hududda mashg`ulot olib borayotgandik, momaqaldiroq bo`layotgandi. Uzoqroqqa ketgan to`pni olib kelishga ketganda uni yashin urdi. — Iya, unda nimaga tirjayib turibdi? — U suratga olishyapti, deb o`ylagan. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)