Latifa matni:
Do`konga chiqib kelishini so`ragan xotin erining qo`liga xarid ro`yxatini tutqazibdi:
1. Non
2. Tuxum
3. Quruq choy
4. Sovun
5. Pivo
Er do`kondan qaytgach, xotin xarid qilingan narsalarni xaltadan ola boshlabdi: Bitta non, ikkita tuxum, uch quti quruq choy, to`rtta sovun va besh shisha pivo.
Jahli chiqqan xotin eriga hech qanday e’tiroz bildirolmabdi-yu, lekin keyingi safar pivoni ro`yxatning boshiga yozishni yodidan chiqarmabdi.