Do`konga chiqib kelishini so`ragan xotin erining qo`liga xarid ro`yxatini tutqazibdi: 1. Non 2. Tuxum 3. Quruq choy 4. Sovun 5. Pivo Er do`kondan qaytgach, xotin xarid qilingan narsalarni xaltadan ola boshlabdi: Bitta non, ikkita tuxum, uch quti quruq choy, to`rtta sovun va besh shisha pivo. Jahli chiqqan xotin eriga hech qanday e’tiroz bildirolmabdi-yu, lekin keyingi safar pivoni ro`yxatning boshiga yozishni yodidan chiqarmabdi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)