Latifa matni:
Qamoqxonada o`tirgan bolaga onadan xat kelibdi:
— Bolam ogorodni chopish, kartoshka ekish kerak, endi man qarib qoldim, bir o`zim qiynalvoman, debdi.
O`g`li xat yozib konvertni yuziga, "Onajon ogorodni chopmang sizniyam qamashadi, mangayam srok qo`shishadi", deb yozib qo`yibdi.
Bir haftadan keyin onadan xat kelibdi:
— Bolam sandan xat keganidan keyin, uyimizga 4ta militsiya keldi, butun ogorodni chopib tashashdi, debdi.
Bola onaga javob xati yo`llabdi:
— Ona qo`limdan kegani shu, kartoshkani o`ziz amallab ekvolarsiz, dermish.