Qamoqxonada o`tirgan bolaga onadan xat kelibdi: — Bolam ogorodni chopish, kartoshka ekish kerak, endi man qarib qoldim, bir o`zim qiynalvoman, debdi. O`g`li xat yozib konvertni yuziga, "Onajon ogorodni chopmang sizniyam qamashadi, mangayam srok qo`shishadi", deb yozib qo`yibdi. Bir haftadan keyin onadan xat kelibdi: — Bolam sandan xat keganidan keyin, uyimizga 4ta militsiya keldi, butun ogorodni chopib tashashdi, debdi. Bola onaga javob xati yo`llabdi: — Ona qo`limdan kegani shu, kartoshkani o`ziz amallab ekvolarsiz, dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)