Afandi erta bahorda boqqa qalamcha ekayotgan bog`bondan so`radi: — Nima ekayotibsiz? — Ko`chat, - dedi bog`bon,- hademay ko`karib mevaga kiradi. — Hammasi quruq kaltak-ku! - dedi Afandi taajjublanib. — Ha, yer-suv quruq kaltakni ham ko`kartiraveradi. — Bo`masa meni ham yerga ko`mib qo`ying, - iltimos qildi Afandi. Bog`bon kulib Afandining beligacha tuproq tortib ko`mib qo`ydi. Afandy peshingacha izg`irin shamolda turdi, qorni ochdi, badaniga zax o`tdi. Bog`bon peshinda ovqatga o`tirganida Afandi qichqirdi: — Taqsir, men bu yerda tomir otib, mevaga kirmaydiganga o`xshayman, iloji bo`lsa meni ovqatga yaqinroq joyga o`tqazsangiz. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)