Er har kuni ishdan kelib xotiniga: — Choy damla, bor, — derkan. Bir kun xotinining jahli chiqib: — Har kun shu ahvol. Bor choy damla, ovqating tayyormi, - deysiz. Qachon biz ham madaniyatli insonlarga o`xshab adabiyot, musiqa haqida gaplashamiz, — debdi. Bu gap erini o`yga solibdi. Ertasiga eri ishdan kelib xotiniga: — Jonim "Otello"ni o`qiganmisan? — Yo`q. — Oxunjon Madaliyevni qo`shiqlarini eshitganmisan? — Kim u? — Muhammad Yusufni birorta she’rini yodlaganmisan? — Yo`q, yodlamaganman. — Chaykovskiyni biror bir simfoniyasini eshitganmisan? — Yo`q, eshitmaganman. — Tur, unda choy damla... Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)