Shahar hokimi ovqatdan boshqa narsani sira o`ylamas edi. Bir kuni u shaharning ko`zga ko`ringan odamlarini chaqirib, ulardan bilgan ovqatlarining nomini yozib berishini talab qildi. Ular orasida Afandi ham bor edi. U hokimdan ertalabgacha muhlat olib ketdida, nonushtada kelib hokimga arz qildi: — Asal bilan sarimsoq piyoz qo`shib qovurilsa, ajoyib ovqat bo`ladi. Hokim darhol oshpaziga o`shanday ovqat tayyorlashni buyurdi. Ovqat keltirilgach hokim bir qoshiq yedi-da, Afandiga qarab qichqirdi: — O`zing topgan ovqatingni o`zing ye, ahmoq! Afandi noiloj yeya boshlagan edi, hokim so`radi: — Qalay, ajoyib lazzatli ovqat ekanmi?! — Taqsir, men buni faqat o`ylab ko`rgan edim, xolos. Biror marta bunday ovqat qilib yegan emasman. Endi bilsam, xayol haqiqatga to`g`ri kelmas ekan,— javob berdi Afandi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)