Poshsho Afandidan g`azablanib, «Ikkinchi yuzingni ko`rmayin!» dedi-da, uni saroydan haydab chiqardi. Kunlarning birida u ko`chaga chiqqan edi, odamlarning ko`cha supurib, suv sepib, yo`lning ikki tomoniga tizilishib turganlarini ko`rdi. — Nima gap? — ajablanib so`radi u. — Poshsho o`tadi,— kimdir javob berdi. Afandi odamlar qatorida turgan edi, poshsho kelib qoldi. U darhol poshshoga orqasini qilib turdi. Poshsho g`azablanib qichqirdi: — Qanday odamsan, nimaga teskari turibsan! — Ikkinchi betingni ko`rmayin degan edingiz, shohim betimni ko`rmasa, ketimni ko`rsin deb turibman,— javob berdi Afandi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)