Afandi savat ko`tarib bir boqqa o`g`irliqqa kirdi, har xil uzumlar bilan savatni to`latib turganda, bog`bon kelib yoqasidan bo`g`di: — Nega boqqa kirding?! Afandi undan balandroq keldi: — Bo`lmasa nega xotiningga kavush olib bermading? — Iye, ali desa, bali deydi-ya, bu odam. Xotinimning kavushi bilan sening nima ishing bor? — Qiziq odam ekansan, gapni kavlasang, gap chiqadi, o`g`irliqqa kirdim deymi bo`lmasa!.. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)