Bir o`tinchi dengiz
Latifa matni:
Bir o`tinchi dengiz bo`yida o`tin kesayotgan ekan, qo`lidagi boltasi suvga tushib ketibdi. Shunda suvdan Suvparisi chiqib:
— Nega xomushsan, - desa,
O`tinchi unga qarab:
— Boltam suvga tushib ketdi, - debdi.
Suvparisi suvga sho`ng`ib oltin bolta olib chiqsa, o`tinchi:
— Bu mani boltam emas debdi.
Keyin kumush bolta olib chiqibdi.
— Bu ham mani boltam emas.
Suvparisi o`tinchiga o`zini boltasini olib chiqib berib:
— Halol yigit ekansan deb 3 ta boltani berib yuvoribdi. O`tinchi xotiniga bo`lgan voqeani aytib beribti. Keyin er-xotin o`sha suvni yoniga borishibdi. Xotini o`zini suvga otibdi, keyin yana Suvparisi chiqib:
— Nega xomushsan desa,
— Xotinim suvga tushib ketdi debdi.
Keyin Suvparisi Monnalizani olib chiqibti. O`tinchi o`ylanib turib:
— Mana shu mani xotinim, - debdi.
Suvparisi o`tinchiga qarab:
— Nega yolg`on gapiryapsan desa, o`tinchi;
— Hozir bu mani xotinim emas desam, Selena Gomezni olib chiqasan. Bu ham xotinim emas desam, o`zimni xotinimni olib chiqasan. Shu mani xotinim desam, halol ekansan deb uchalasini berasan. Keyin man 3 ta xotinni qanday boqaman, - dermish....!