Bir o`tinchi dengiz bo`yida o`tin kesayotgan ekan, qo`lidagi boltasi suvga tushib ketibdi. Shunda suvdan Suvparisi chiqib: — Nega xomushsan, - desa, O`tinchi unga qarab: — Boltam suvga tushib ketdi, - debdi. Suvparisi suvga sho`ng`ib oltin bolta olib chiqsa, o`tinchi: — Bu mani boltam emas debdi. Keyin kumush bolta olib chiqibdi. — Bu ham mani boltam emas. Suvparisi o`tinchiga o`zini boltasini olib chiqib berib: — Halol yigit ekansan deb 3 ta boltani berib yuvoribdi. O`tinchi xotiniga bo`lgan voqeani aytib beribti. Keyin er-xotin o`sha suvni yoniga borishibdi. Xotini o`zini suvga otibdi, keyin yana Suvparisi chiqib: — Nega xomushsan desa, — Xotinim suvga tushib ketdi debdi. Keyin Suvparisi Monnalizani olib chiqibti. O`tinchi o`ylanib turib: — Mana shu mani xotinim, - debdi. Suvparisi o`tinchiga qarab: — Nega yolg`on gapiryapsan desa, o`tinchi; — Hozir bu mani xotinim emas desam, Selena Gomezni olib chiqasan. Bu ham xotinim emas desam, o`zimni xotinimni olib chiqasan. Shu mani xotinim desam, halol ekansan deb uchalasini berasan. Keyin man 3 ta xotinni qanday boqaman, - dermish....! Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)