Podsho qalandar libosida yo`lda ketayotgan edi. Afandi bir daraxtning soyasida uxlab yotgan ekan. Podsho uni uyg`otdi. — Ha, nima deysan?! Nega mening uyqumni buzding deb do`q qila boshladi Afandi. — Birodar, sen yaxshi kishiga o`xshaysan, bir narsa so`ramoqchi edim, shuni aytib bergin. — Xushomaddan Afandi erib ketib, hovridan tushdi: — Qani, so`ra-chi, nima demoqchisan? — Bu mamlakatning podshosi zolimmi, odilmi? Rostini ayt. — E birodar, nimasini aytasan, u shunday qonxo`r, zolimki...— deb yomonlab ketuvdi, «qalandar» gapini bo`ldi: — Meni taniysanmi? — Yo`q. — Men Podsho bo`laman. Afandining badaniga titroq turdi, lekin sir boy bermadi: — Meni taniysanmi? — Yo`q. — Men shu shaharning jinnilaridan bo`laman. Har oyda uch kun jinni bo`laman. Mana bugun jinniligim boshlangan kun. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)