90 ga kirgan otaxon, vrachni oldiga borib: — Men farzandlik bo`ldim, - desa Vrach: — Yo`g`e, bo`lishi mumkin emas Otaxon: — Nega bo`lishi mumkin emas? — Men ancha tetikman... Vrach: — Mayli, men unda sizga bir voqeani aytib beraman. Bir kuni ovchi ovga chiqibdi, ovchi miltiqni olaman deb adashib o`zi bilan soyabonni olib olibdi. O`rmonda ketayotganida yo`lidan bir katta ayiq chiqib qolibdi. Ovchi shoshilib qo`lidagi miltiqni bir bosgan ekan, soyabon ochilib ketibdi va ayiq o`libdi!, — desa Otaxon: — Yo`g`e, uni boshqa birov otib qo`ygan bo`lsa kerak!, — desa Vrach: — Ha, men ham shuni tushuntirmoqchi bo`lyapmanda sizga, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)