Afandi ikki og`aynisi bilan ovga chiqibdi. Buni qarangki ularning yoniga bir sehrgar kelib: — Tila tilagingni, agar bajo aylasam, seni joningni olaman, bajo aylay olmasam senga bitmas tugalmas xazina beraman, - debdi. Shunda Afandining birinchi og`aynisi: — Suvdagi baliqni olib ber, - debdi. Sehrgar buni amalga oshiribdi va uning jonini olibdi. Navbat Afandining ikkinchi og`aynisiga yetib kelibdi. Ikkinchi og`aynisi: — Uchib ketayotgan qushni so`rabdi. Sehrgar bu tilakni ham amalga oshiribdi va uning jonini olibdi. Navbat endi Afandiga kelganida, afandi nima deyishni bilmay, havoni buzibdi va shunday debdi: — Shu havoni menga tutib ber, - debdi. Sehrgar bu tilakni bajo aylay olmabdi va xazinani Afandiga topshiribdi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)