Afandidan birov so`radi — Afandi, muchalingiz nima, necha yoshga kirdingiz? — Muchalim ajdar, ellikka kirdim. — Muchalning ilon bo`lishini eshitib yurardimu, ajdar bo`lishini shu yoshga kirib, endi sizdan eshitishim, Afandi tushuntirib berdi: — Yoshligimda onam rahmatlik, sening muchaling ilon degan edilar. Hozir ellikka kirdim, ellik yil ichida har qanday ilon ham ajdar bo`lib ketadi-da. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)