Ayol boshchilik qiladigan firmada bir yigit ishlar ekan, u hamma bilan garov o`ynab doim yutib olarkan, buni eshitgan boshliq yigitni chaqirib: — Siz garovda hammani yutar ekansiz, buni siri bormi? - deb so`rabdi. Yigit: — Hech qanaqa sir yo`q, xohlasangiz siz bilan ham o`ynab yutishim mumkin, - debdi. Ayol: — Mayli, nima haqida o`ynaymiz? Yigit: — Ishonasizmi, rosa 3 kunda sizni yelkangizda xol paydo bo`ladi, - debdi. Xullas ular 100$ dan bahslashibdi. Oradan 3kun o`tib ayol yigitni chaqirib: — Yigitcha, siz yutqazdiz, hech qanaqa xol chiqmadi, - desa. Yigit: — Yo`g`-ye, ko`rsatingchi? Ayol ko`rsatibdi, yigit pulni berib chiqib ketayotsa Ayol: — Ha yigit, nima bo`ldi? 100ga tushdiz-ku, - desa. Yigit: — Zarari yo`q, xonim, ana u derazadan poylab turgan uchchovi bilan boshlig`imizni yechintiraman deb, 300dan garov o`ynaganman, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)