Afandi shayx bilan qabristonni ziyorat qilib yurar edi. U qabr toshiga yozilgan bir lavhani o`qib hayron qoldi, unda: «Bu shaharning podshosi Sulton Abdulmalik pop Sulton Abdulmutalib jahonga mashhur bo`lib uch yoshida vafot etdi» deb yozilgan ekan: Afandi taajjublanib shayxdan so`radi: — Uch yoshida o`lgan bola qanday qilib jahonga mashhur bo`ladi? Shayx javob berdi: Sulton Abdulmalik yetmish yil yashab shundan faqat uch yilini xursandchilik bilan o`tkazgan ekanlar. Shuni umr hisoblab, vasiyat qilganlar. — Agar shunday bo`lsa,— dedi Afandi,— men o`lganimda qabrimga lavha tosh qo`yiladigan bo`lsa, unga: «Mulla Nasriddin tug`ildi-yu o`sha zamoni o`ldi» deb yozilar ekan-da! Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)