Podsho, vazir va Nasriddin Afandi ovga chiqishdi. Yo`lda podsho ustidagi chakmonini yechib Afandiga berdi. Buni ko`rgan vazir ham chakmonini yechib Afandiga uzatdi. Podsho Afandiga tegajog`lik qilib: — Afandi, ustingizdagi bir eshakning yuki bo`ldi-mi? - dedi. Afandi darhol: — Yo`q, shohim, ko`rib turibdilar-ku, ikki eshakning yuki! - deb javob berdi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)