Afandining bir oshnasi og`zi latta bilan bog`langan bir xumchani omonat topshirib: — «Buning ichida voyvoyakning bolasi bor, og`zini ocha ko`rmang, uchib ketib qoladi» deb, tayinladi. U ketgandan keyin, Afandi «voyvoyakning bolasi qanaqa bo`lar ekan» deb, xumchani ochdi, qarasa: ichi to`la asal. Afandi bir tatib ko`rishi bilanoq xumchaning yonidan ketmay qo`ydi, uch kun qorni og`ridi. Besh-olti kundan keyin egasi kelib xumchani so`radi. Afandi olib chiqdi. Egasi xumchani ko`tarib ko`rib: — Afandi, men ketgandan keyin xumchani ochib, voy-voyakning bolasini uchirib yuboribsiz, shekilli,— dedi. — To`g`ri,— dedi, Afandi,— uchib chiqib uyasini topolmay, qornimga kirgan ekan, uch kundan beri mening og`zim bilan voyvoylaydi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)