Afandining anjiri pishgan edi, bir savatga terib Poshshoga olib bordi. Ammo qorovullar uni anjirini tortib olishdi-da, ichkariga olib kirib ketishdi. Afandi darvoza tagida qoldi. Shu vaqtda yasovullar besh-o`nta bandini haydab kelishayotgan edi, ularning biri yo`lda qochib ketdi, uning o`rniga Afandini ham bandilarga qo`shib qorovullarga topshirishdi. Afandi qanchalik dodu faryod qilib yopishmasin, foyda bermadi, uni zindonga tashladilar. Kunlar, oylar o`tsa ham Afandi hamon zindonda qoldi. Bir kuni poshsho zindonga kirib Afandidan nima sababdan qamalganini so`ragan edi, u butun voqeani so`zlab berdi. Poshsho uni bo`shatishga buyurib, so`radi: — Sening anjiring menga juda ma’qul bo`lgan edi, tila tilagingni? — Anjir evaziga shuncha mukofot oldimki, buning ustiga yana biror narsa so`rashga ham uyalaman. Bir dona o`tkir bolta hadya qilsangiz, shuning o`zi bas. — Boltani nima qilasan? — Bog`imdagi anjirlarni bitta qo`ymay kesib tashlamoqchiman,— dedi u. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)