Afandi xonga g`oz pishirib borar edi, yo`lda korni ochib, bir oyog`ini yeb qo`ydi. Xon uni olib so`radi: — Bir oyog`i qani? — Bu yilgi g`ozlarning hammasi bir oyoqli ekan,— dedi-da, Afandi suv bo`yida bir oyog`ini ko`tarib dam olib turgan g`ozlarni ko`rsatdi. Xon tayoqni ko`tarib po`pisa qilgan edi, g`ozlar ikki oyoqlab qochdi. — Ana, oyoqlari ikkita ekan-ku,— dedi xon. Afandi pinagini buzmay javob berdi: — Shu tayoq bilan birov sizga ham hamla qilsa, ikki oyoq u yoqda tursin, to`rt oyoqlab qochar edingiz. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)