Afandi charchab uzoq yo`ldan kelar edi. Yo`lda otliq ketayotgan mahalla ellikboshisiga ko`zi tushib qoldi va undan iltimos qildi: — To`nimni olib ketmaysizmi? — Mayli,— rozi bo`ldi ellikboshi,— qishloqqa borgach uni kimga berib qo`yishim kerak? — To`nimning o`zi otdan tushib, uyni topib ketadi. — Masxarabozlikni qo`ying, Afandi, hech jahonda to`n ham uyini topib keta oladimi? — Axir, uning ichida o`zim bo`laman-da!— dedi Afandi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)