Podsho Afandini bir kuni ovga olib chiqdi. Bir manzilda Afandini masxaralash uchun otining pastki labini kesib qo`ydi. Afandi buni fahmlab qoldi-yu, borib podshoning otining dumini kesib qo`ydi. Ovdan qaytishda podsho orkasiga qarab Afandiga dedi: — Afandi, otingiz nega kulayotibdi? Afandi darhol javob qaytardi: — Taqsir, otingizning keti ochilib qolibdi, shunga kulyapti. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)