Afandi «parrandalarning tilini bilaman» deb maqtanib yurar edi. podsho buni eshitib uni ovga olib chiqdi. Yo`lda ketishayotgan edi, podsho vayronada sayrab turgan bir boyqushni ko`rib Afandidan so`radi: — Boyqush nima deb sayrayapti? — Boyqush aytdiki,— dedi Afandi,— Agar podshoning zulmi shu xilda keta bersa tez kunda shahar ham mening makonimga aylanadi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)