Podsho bir kuni Afandidan so`radi: — Afandi, mening qadr-qimmatim qancha bo`lar ekan? Afandi o`ylanib turib javob berdi: — Qadr-qimmatingiz yuz tilladan oshmaydi. Podshoning achchig`i kelib, g`azab bilan qichqirdi: — Nega mening qadr-qimmatimni bunchalik pastga urasan, belimdagi kamarimning o`zi yuz tilla-ku! — O`zingizni bosing, Podsho,— dedi Afandi,— shuning uchun yuz tilla dedim-da. Agar belingizdagi kamar bo`lmasa, o`zingiz bir chaqaga ham arzimaysiz. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)