Afandining oshnalaridan biri yangi imorat soldi-da, ko`z-ko`z qilish uchun Afandini aytdirib yubordi va ertadan-kechgacha olib yurib, imoratni ko`rsatdi. Yura berib Afandining qorni juda ochdi, ammo oshnasi ovqat to`g`risida og`iz ochmas va uyma-uy yurar edi. Afandi nihoyat oshxona oldida to`xtadi-da, unga diqqat bilan qaray boshladi. Oshnasi undan so`radi: — Oshxona yoqib qoldi deyman-a? — Ha, oshxonani juda boplabsiz,— dedi Afandi,— shunday qilibsizki, kirgan kishining darrov ovqat yegisi keladi!— dedi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)