Bir kuni Afandining choponini o`g`ri olib qochdi. Afandi o`g`rining orqasidan quvlamay to`g`ri qabristonga bordi-da, bir ochiq go`r ustida o`tirdi. Bu voqeadan xabardor bir odam Afandiga: — Choponingizni olgan o`g`ri hu, u yoqqa qochdi, siz bu yerda nima qilib o`tiribsiz?—dedi. — Qayoqqa qochmasin, baribir axir bir kun shu yerga keladi,— dedi Afandi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)