Bir kuni qo`shnisi Afandidan so`radi: — Sizda qirq yillik sirka bor deb eshitaman, rostmi? — Ha, rost,— dedi Afandi. — Sirkani qirq yil qandoq asradingiz? Picha beringchi? — Har kimga picha-picha beraversam, qirq yil ichida sirka qolarmidi,— javob berdi Afandi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)