Poshsho bir kuni Afandini koyidi: — Falonchiga bir ish buyursam, hamma vaqt ikki-uch ishni biryo`la bajarib keladi. Siz esa birorta ishni ham tuzukroq bajarib kelolmaysiz! Ittifoqo bir kuni poshsho kasal bo`lib, tabib aytib kelishni Afandiga buyurdi. Afandi borib to`rt kishini boshlab keldi-da, poshshoga ta’zim qilib, faxr bilan dedi: — Kamina qulingiz ham to`rt ishni bir yo`la bajarib keldi, mana!— Orqada turgan odamlarni ko`rsatdi. — Men sizni tabibga yuborgan edim, bular kimlar, nima ish qilishadi?—so`radi poshsho g`azablanib. — Taqsir, kasalsiz, issiq jonga ishonch yo`q. Bularning biri — tabib, sizni davolaydi, ikkinchisi sol, bordi-yu, o`lib qolgudek bo`lsangiz murdangizni yuvadi, uchinchisi — janozangizni o`qiydigan imom, to`rtinchi-si bo`lsa — go`rkov,— deb javob berdi Afandi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)