Afandi bir ashulachining ovozini hech yoqtirmas, u qayerda ashula aytsa, sekin turib ketar edi. Bir kuni Afandi ko`chada ketayotsa, o`sha ashulachi bir bola bilan kelayotgan ekan. Afandi so`radi: — Bu bola kimingiz bo`ladi? — O`g`lim,— dedi ashulachi. Afandi peshonasiga urib dedi: — Biz-ku, mayli edi-ya, endi bola-chaqalarimizning ham sho`ri qurir ekan-da! Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)