Judayam ziqna boy bo`lgan ekan. Bir kuni qo`shni qishloqqa oshnasinikiga mehmonga boribdi. Endi o`tirgan ekan, uydagi shamni o`chirib keldimmi yo`qmi, degan savol qiynay boshlabdi. Borib kelay desa yo`l uzoq, bormay desa shamni erib qolishini o`ylab yuragi uvishib ketibdi. Oxiri chidolmay yo`lga tushibdi. Xalloslab uyiga kelib, eshikni taqillatibdi. Xotini chiqib, eshikni ochmoqchi bo`lgan ekan... Boy: — Eshikni ochma, hadyeb ochib yopilaversa eshik yemirilib ketadi. Uydagi shamni uchirib qo`y, shuni aytishga kelgan edim. Men shundoq izimga qaytib ketaman. Tayyor oshdan qolmay. Xotini: — Voy dadajonisi-yey, menku shamni allaqachon o`chirib qo`yganman, siz shu gapni aytish uchun shuncha yo`l bosib keldizmi, kovushingizni tagini yemirib? Boy: — Xavotir olma xotin, kovushim qo`ltig`imda! Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)