Firma rahbari sekretariga: — Bir haftaga komandirovkaga boramiz, uyingizga xabar bering, - debdi. Sekretar eriga telefon kilib: — Men bir haftaga komandirovkaga ketayapman, - debdi. Er paytdan foydalanib o`ynashiga telefon qilib: — Bir hafta menikida turasan, xotinim yo`q, - debdi. O`ynashi repititor ekan, o`quvchisiga telefon qilib: — Bir hafta o`qitolmayman, bir oz dam olgin, - debdi. O`quvchi bobosiga telefon qilibdi: — Bobojon meni bir hafta darsim yo`q ekan, meni shahar aylantiring. O`quvchining bobosi haligi firma rahbari ekan, yo`q deya olmabdida sekretariga: — Komandirovka qoldirildi, - debdi. Sekretar eriga telefon qilib: — Komandirovka qoldirildi, - debdi. Er o`qituvchi o`ynashiga telefon qilib: — Endi iloji yo`q, xotinim komandirovkaga bormaydigan bo`ldi. O`qituvchi o`quvchiga telefon qilib: — Dars o`tadigan bo`ldik, - debdi. O`quvchi, bobosi firma rahbariga telefon qilib: — Bobo shahar aylanish qoldirildi, boshqa safarga. Firma rahbari sekretarga: — Tayyorlaning komandirovkaga boramiz... Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)