Yangi rus boyi kafega kiribdi. Kafeda bir qancha odam bor ekan. Aynan rusning ro`parasida esa bir o`zbek o`tirgan ekan. Haligi rus bu o`zbekni bir boplay, deb barmenga "Mana bu o`zbekdan tashqari hammaga mening hisobimdan quy!", desa. O`zbek rusga qarab: "Rahmat, rahmat", - deb qo`yibdi. Rus gapini barmenga yana qaytarsa, o`zbek yana "rahmat, rahmat", - debdi. Haligi rus hayron bo`lib barmendan: — Bu nega menga unday deyapti, kim o`zi bu?", - desa, Barmen rusga: — Bu kishi, mana shu kafening xo`jayini Abdurahmon-aka bo`ladi, - debdi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)