Eski yog`ochdan yasalgan uyning oldiga, qimmat mashina kelib to`xtabdi-da ichidan bashang kiyingan erkak tushib, uyga kiribdi. Uyda qari chol derazadan ko`chani tomosha qilib o`tirgan ekan. Erkak uning ro`parasiga o`tirib gap boshlabdi: — Assalom alaykum, mani tanimadiz-a? Man sizni o`g`lingizman. Esingizdami, 10 yil oldin mani sigaret olib kel, deb bozorga yuborgandiz? Man shu ketgancha shaharga ketdim, yaxshi odamlarni uchratdim, ishlab pul topdim, o`zimni biznesimni boshladim, uy, mashina oldim, mana bugun millionerga aylandim, - desa Dadasi jim qarab turganmish. O`g`li: — Dada biror nima desangizchi?, - desa Dadasi: — Sigaret qani?!, - dermish Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)