Afandi dalada tushlik vaqtida ikki qo`shnisi bilan ovqat yegani o`tirdi. Bitta tog`orachaga go`jani qo`yib, Afandi sherigi bilan unga non to`g`ray boshladi, ikkinchi sherigi esa, tog`orachaga to`g`ralgan nonni indamasdan yeyaverdi. Afandi qo`liga mis cho`michni olib, uning kallasiga urgan edi, sherigi yumalab jon bera qoldi. Afandi bo`lsa nima qilishini bilmay aytar edi:       — Non to`g`ra desang, to`g`ramaydi, qoshiqni qo`lidan qo`ymaydi, tog`orachadan ko`zini uzmaydi, sal narsaga o`lib yotib oladi, shu ham sherikmi! Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)